Bosh sahifa / Karyera / Arxitektor-shaharsoz
Vakansiya

Arxitektor-shaharsoz / Urban Planner

Alohida bino emas, butun hudud bilan fikrlaydigan shaharsoz.

Maosh
6 000 000 – 10 000 000 so‘m
Tajriba
1–3 yil
Bandlik
To‘liq bandlik
Jadval
6/1, kuniga 8 soat
Ish formati
Ofisda
Manzil
Toshkent, Mahtumquli 93/2
Jamoa
Masterplan jamoasi
Daraja
Middle
E’lon qilingan
10-noyabr, 2026
Ko‘nikmalar
AutoCADRevitMasterplanKonsepsiya ishlab chiqishChizmalarni o‘qishIngliz tili — B2O‘zbek tili — C2

Jamoamizga alohida bino emas, balki butun hudud bilan fikrlay oladigan arxitektor-shaharsozni izlayapmiz: shahar mantiqini, transportni, piyodalar aloqalarini, funksiyalarni, zichlikni, jamoat makonlarini va hududning rivojlanish ssenariylarini tushunadigan mutaxassis.

Bizga boshlang‘ich ma’lumotlar va uchastka cheklovlarini tushunarli, kuchli va amalga oshirsa bo‘ladigan shaharsozlik konsepsiyasiga aylantira oladigan mutaxassis kerak.

Vazifalar

  • Masterplanlar va shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqish
  • Hudud, mavjud qurilish va atrof-muhit kontekstini tahlil qilish
  • Funksional zonalashtirishni ishlab chiqish
  • Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, piyoda va transport aloqalarini shakllantirish
  • Zichlik, qavatlilik, hudud balansi va asosiy TIK bilan ishlash
  • Turar-joy, jamoat, tijorat, rekreatsiya va infratuzilma funksiyalarini joylashtirish
  • Jamoat makonlari va yashil karkas konsepsiyalarini ishlab chiqish
  • Sxemalar, tahliliy diagrammalar, bosh rejalar va taqdimot materiallarini tayyorlash
  • Hudud rivojlanishining bir nechta ssenariysini ishlab chiqish
  • Yirik turar-joy majmualari, kvartallar, tumanlar va shahar hududlari bilan ishlash
  • Developerlar, davlat va xususiy buyurtmachilar uchun konsepsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish
  • Arxitektorlar, tahlilchilar, vizualizatorlar va jamoaning boshqa mutaxassislari bilan birgalikda ishlash
  • Loyihalar muhokamasi va taqdimotlarida ishtirok etish

Talablar

  • Arxitektura yoki shaharsozlik ma’lumoti
  • Masterplanlar, bosh rejalar yoki yirik arxitektura-shaharsozlik loyihalari bilan ishlash tajribasi
  • Zamonaviy shaharsozlik tamoyillarini yaxshi tushunish
  • Hududni tahlil qilish va uning salohiyatini ko‘ra olish
  • Funksional zonalashtirish, transport va piyodalar mantiqini tushunish
  • Zichlik, qavatlilik, TIK va hudud balansi bilan ishlay olish
  • Konseptual fikrlash va o‘z yechimlarini asoslay olish
  • Yaxshi arxitektura grafikasi va g‘oyani tushunarli taqdim eta olish
  • AutoCAD’ni ishonchli bilish
  • Revit / Archicad’ni bilish afzallik
  • SketchUp / Rhino / 3ds Max’ni bilish afzallik
  • Adobe Illustrator / Photoshop / InDesign’ni bilish afzallik
  • GIS yoki boshqa hududiy tahlil vositalari bilan ishlash tajribasi katta afzallik
  • Yaxshi vizual did, masshtab va kompozitsiya hissi
  • Mas’uliyat va jamoada ishlay olish

Biz taklif qilamiz

  • Suhbat natijalariga ko‘ra — tajriba va mutaxassis darajasiga qarab raqobatbardosh maosh
  • To‘liq bandlik
  • Toshkentdagi BLOOM ARCH STUDIO ofisida ishlash
  • Ish kompyuteri va ish uchun kerakli hamma narsa
  • Yirik masterplan va shaharsozlik loyihalarida ishtirok etish
  • Real hududlar va turli miqyosdagi loyihalar — kvartaldan shahargacha — bilan ishlash imkoniyati
  • Loyihada konsepsiya darajasida ishtirok etish va asosiy qarorlarga ta’sir qilish imkoniyati
  • Kuchli professional muhit va arxitektorlar jamoasi
  • Urban planning va masterplanlash yo‘nalishida professional o‘sish imkoniyati
Agar siz hududni binolar to‘plami emas, balki odamlar, funksiyalar, transport va makon birga ishlaydigan tizim sifatida ko‘ra olsangiz — arizangizni kutamiz.
KARYERA

Ariza topshirish

Rezyume va portfolio havolasini yuboring — ariza to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoamizga keladi. Portfoliosiz arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan