Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — umumiy ko‘rinish
Birlik · So‘x, Farg‘ona viloyati Pastga

Birlik So‘x turizm va dam olish maskani

Ish turi
Master Plan
Tugatish yili
2026
Loyiha manzili
Farg'ona, Uzbekistan

So‘x eksklavida uch madaniyatni birlashtiruvchi turistik markaz loyihasi

So‘x tumani, Farg‘ona viloyati. Hudud eksklav sifatida noodatiy geografik joylashuvga ega bo‘lib, strategik chegaraviy ahamiyat kasb etadi.

Loyiha maydoni 130 gektarni tashkil etadi va So‘x daryosi bo‘yida, tog‘li landshaft bilan uyg‘un hududda joylashgan. Tabiiy muhit, suv resurslari va relef turizmni rivojlantirish uchun asosiy omil sifatida qaraladi.

So‘x daryosi vodiysi va tog‘li landshaft
130gektarLoyiha maydoni
Tugatish yili2026
JoylashuvSo‘x tumani, Farg‘ona viloyati
Ish turiMaster Plan

Tarixiy meros

Hudud boy tarixiy merosga ega. Bu yerda bronza davriga oid ilon shaklidagi bilaguzuk-amulet topilgan. Shuningdek, Bobur yashab o‘tgan makon sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Xudoyorxon qal’asi va Selengur g‘ori kabi obyektlar hududning madaniy qatlamini shakllantiradi.

Birlik konsepsiyasi

Birlik — loyiha konsepsiyasi bo‘lib, hududda yashovchi uch millat — o‘zbek, qirg‘iz va tojik xalqlarining mavjudligi asos sifatida olingan. Ushbu yondashuv hududni faqat turistik yo‘nalish sifatida emas, balki madaniyatlar kesishgan nuqta sifatida rivojlantirishni nazarda tutadi.

Loyiha maqsadi

Loyihaning asosiy maqsadi — turizm salohiyatini ochish orqali hudud iqtisodiyotini faollashtirish va aholi turmush sifatini yaxshilash. Natijada So‘x daryosi bo‘yi yil davomida faoliyat yuritadigan, tabiiy va tarixiy resurslarga tayangan zamonaviy rekreatsion hududga aylanishi ko‘zda tutiladi.

So‘x tumanining joylashuv xaritasi
Hudud tahlili
Hudud tahlili
Hudud tahlili
Birlik So‘x — vizualizatsiya
Birlik So‘x — vizualizatsiya
Birlik So‘x — vizualizatsiya
Turistik markaz — tungi ko‘rinish
Birlik So‘x — vizualizatsiya
Birlik So‘x — vizualizatsiya
Birlik So‘x — vizualizatsiya

Boshqa loyihalar

Barcha loyihalar
KELING GAPLASHAYLIK

Aloqada boʻling

Biz hamkorlik imkoniyatlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz Iltimos, taklifnomalar, biznes takliflari yoki umumiy so’rovlarni yuboring.
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan