29.10.2026

Bloom Arch bilan shaharsozlik haqida ochiq muloqot: “Vatan” universiteti

“Vatan” universitetida shaharsozlikka bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.


31-oktabr kuni “Vatan” universitetida shaharsozlikka bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Bloom Arch arxitektura byurosi asoschilaridan biri Husniddin Tursunqulov spiker sifatida ishtirok etadi.
Muloqot davomida shaharlarni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, shahar muhitini shakllantirish va hududlarni uzoq muddatli rejalashtirish masalalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar soha bo‘yicha fikr va tajriba almashib, shaharlarning bugungi holati hamda kelajagi haqida turli qarashlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Sana: 31-oktabr
Vaqt: 17:00–19:00
Manzil: “Vatan” universiteti
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan