Buxoro shahrida 50 gektar maydonda yangi turizm markazi qurilmoqda. 2026-yil 3-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayoni bilan tanishdi. Loyihaga 105 million dollar investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.Markazda qabul uyi, muzey, ko‘rgazmalar zali, ikkita mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming o‘rinli amfiteatr,70 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti, hunarmandchilik markazlari, sayilgohlar hamda sun’iy ko‘l tashkil etiladi.
Loyihada an’anaviy Buxoro me’morchiligini zamonaviy arxitektura yechimlari bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan.Urbanistik nuqtayi nazardan, bunday hududlarda turli funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi juda muhim. Madaniy obyektlar,mehmonxonalar, savdo nuqtalari va jamoat makonlari yagona tizim sifatida ishlashi, piyodalar harakati va dam olish hududlari esa qulay tashkil etilishi kerak. Bunda Buxoroning tarixiy qiyofasi, mahalliy iqlimi va mavjud shahar muhiti ham alohida hisobga olinishi lozim.
Hozirda hududning 10 gektar qismida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, markaz ishga tushgach, 2 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi va Buxoroga qo‘shimcha 2 million sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Mahalliy budjetga yillik tushum 288 milliard so‘mni tashkil etishi mumkin. Loyihaning uzoq muddatli samaradorligi yangi obyektlarning shahar infratuzilmasi bilan to‘g‘ri bog‘lanishiga va tarixiy muhitga qanchalik moslashishiga bog‘liq.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati