2026-yil 31-oktabr kuni Toshkent shahridagi Vatan universitetida O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Urban Lab urbanistika laboratoriyasining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda arxitektura va shaharsozlik sohasida faoliyat yurituvchi 50 nafarardan oshiq mutaxassis ishtirok etdi.
Tadbirda Bloom Arch Studio asoschilaridan biri Husniddin Tursunqulov taklif etilgan spiker sifatida qatnashdi. U “Mahalla: o‘zbek shaharsozligining madaniy kodi” mavzusida so‘z yuritib, an’anaviy mahalla tamoyillarini zamonaviy shahar muhitini shakllantirishda qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uchrashuv davomida turar joylar, ichki hovlilar, ko‘chalar va jamoat makonlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Taqdimotdan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar bilan fikr almashdilar. Bloom Arch Studio uchun Urban Lab uchrashuvida ishtirok etish professional tajriba almashish hamda mahalliy madaniyat va shahar muhitining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan zamonaviy shaharsozlik yondashuvlarini muhokama qilishga hissa qo‘shish imkoniyati bo‘ldi.