26.02.2026

Bloom Arch jamoasiga qo‘shiling: Yangi vakansiyalar

Arxitektura byurosi 8 yillik tajribaga ega Senior arxitektorlarni ishga taklif etadi. Loyihalarni mustaqil boshqarish, jamoaga yetakchilik qilish va sifatli natija uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyat.
Bloom Arch jamoasiga qo‘shiling: Yangi vakansiyalar

Bloom Arch kompaniyasida yangi vakansiyalar

Bloom Arch arxitektura bürosi o‘z jamoasini kengaytirish va yangi iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish haqida e’lon qiladi. Biz zamonaviy arxitektura yechimlari, innovatsion yondashuv va sifatli loyihalashga qiziquvchi professionallarni hamkorlikka chorlaymiz.
Hozirda biz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar qidirmoqdamiz:

1. Senior Arxitektor (Yetakchi arxitektor)

Loyihani konsepsiya bosqichidan to to‘liq realizatsiyagacha mustaqil olib borish qobiliyatiga ega tajribali mutaxassis.
  • Vazifalari: Jamoani boshqarish, buyurtmachi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va loyiha sifatini nazorat qilish.
  • Batafsil talablar

2. Arxitektor

Shaharsozlikning turli yo‘nalishlarida kreativ me’moriy yechimlar va funksional loyihalar yaratuvchi mutaxassis
  • Vazifalari: Konsepsiya yaratish, me’moriy rejalar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish. Jamoa bilan birgalikda obyektning har bir detallarini rivojlantirish.
  • Batafsil talablar

3. Arxitektor-vizualizator

Loyihaning vizual qiyofasini yuqori darajada taqdim eta oladigan mutaxassis.
  • Vazifalari: Eksteryer vizualizatsiyalarini tayyorlash, konsepsiyani estetik va real shaklda ko‘rsatish, prezentatsiya materiallarini kuchaytirish.
  • Batafsil talablar

4. Stajyor-arxitektor

Arxitektura sohasida karyerasini boshlamoqchi bo‘lgan va amaliy tajriba olishga intiluvchi yoshlar uchun.
  • Vazifalari: Loyiha jamoasiga yordam berish, chizmalar va materiallar tayyorlashda ishtirok etish. Professional muhitda amaliyot o‘tash imkoniyati.
  • Batafsil talablar

Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Agar siz bizning jamoada ishlashni va yirik loyihalarga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, rezyume va portfoliongizni quyidagi aloqa kanallari orqali yuboring:
Bloom Architecture — kelajakdagi yutuqlaringizni biz bilan birga quring!
Bloom Arch jamoasiga qo‘shiling: Yangi vakansiyalar
Bloom Arch jamoasiga qo‘shiling: Yangi vakansiyalar
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan