21.10.2026

Bloom Arch Studio GLOBAL FORUM 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi

15–16-oktabr kunlari Toshkentda «Yashil iqtisodiyot sari: shaharsozlik, arxitektura, qurilish va muhandislik» mavzusidagi GLOBAL FORUM 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Bloom Arch Studio jamoasi ham ishtirok etdi. Forum davlat tashkilotlari,…
Bloom Arch Studio GLOBAL FORUM 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
15–16-oktabr kunlari Toshkentda «Yashil iqtisodiyot sari: shaharsozlik, arxitektura, qurilish va muhandislik» mavzusidagi GLOBAL FORUM 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Bloom Arch Studio jamoasi ham ishtirok etdi.
Forum davlat tashkilotlari, biznes vakillari, ilmiy hamjamiyat, arxitektorlar, muhandislar va qurilish sohasi mutaxassislarini bir maydonga jamladi. Ikki kunlik dasturda 30 dan ortiq spiker qatnashdi. Ular orasida ZHA Architects, UNStudio, IDOM va MYAA vakillari, shuningdek, Malayziya, Xitoy, BAA va Qirg‘iziston universitetlari ekspertlari bor edi. Forumning birinchi kuni Azimut Grand Hotel mehmonxonasida, ikkinchi kuni esa Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘tkazildi.
Forumda yashil iqtisodiyot, barqaror shaharsozlik, qurilish sohasini raqamlashtirish, aqlli shaharlarni rivojlantirish va shahar muhitining sifatini yaxshilash kabi mavzular muhokama qilindi.
GLOBAL FORUM 2026 doirasida Bloom Arch Studio asoschisi Husniddin Tursunqulov ham spiker sifatida ishtirok etdi. 15-oktabr kuni u studiyaning arxitektura loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi tajribasi haqida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni mahalliy sharoit va qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Forumning asosiy mavzularidan yana biri O‘zbekistonda milliy shaharsozlik maktabini rivojlantirish va mamlakatning madaniy merosi, iqlim sharoiti hamda aholining turmush tarzini hisobga oladigan shaharsozlik modelini shakllantirish bo‘ldi.
Ishtirokchilar xalqaro tajribani mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdilar. Bu borada mahalla tamoyillari odamlar uchun qulay, barqaror va ularning ehtiyojlarini hisobga oladigan shahar muhitini yaratishda muhim asos sifatida qayd etildi.
Bloom Arch Studio xalqaro tajribani mahalliy sharoit va qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, O‘zbekistonda arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirishga oid professional muloqotlarda ishtirok etishda davom etadi.
Bloom Arch Studio GLOBAL FORUM 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan