So‘x tumani turizm va dam olish maskani master-rejasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Me’moriy byuromiz tomonidan ishlab chiqilgan Farg’ona viloyati So‘x tumanini kompleks rivojlantirish master-rejasi loyihasi keng jamoatchilik va mutaxassislar e’tiboriga havola etildi. Farg‘ona viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida loyihaning asosiy yechimlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning ustuvor yo‘nalishlari:
- Turistik salohiyatni ochish: Hududning boy rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish strategiyasi belgilab olindi.
- Infratuzilmaviy yechimlar: Taqdimot davomida zamonaviy muhandislik va transport infratuzilmasini rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.
- Yaxlit makon shakllantirish: Master-reja hududni jozibador va kompleks rivojlangan maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
Loyihaning markaziy g‘oyasi sifatida ishlab chiqilgan “Birlik” konsepsiyasi alohida e’tirof etildi. Ushbu brend yechimi hududning madaniy o‘ziga xosligini zamonaviy arxitektura bilan uyg‘unlashtirib, loyihaning umumiy vizual kodini shakllantiradi. Farg‘ona viloyati hokimi ushbu yondashuvni yuqori baholab, uning hududiy o‘ziga xosligini ta’kidladi.
Ushbu master-reja nafaqat turizm imkoniyatlarini kengaytirishga, balki So‘x tumanida sifatli va qulay makon yaratish orqali hududiy iqtisodiyotni yuksaltirishga poydevor bo‘ladi.