So‘x tumanining yangi qiyofasi: Bloomarch strategik master-reja loyihasini taqdim etdi
Bloomarch arxitektura kompaniyasi So‘x tumanini rivojlantirish va uni xalqaro standartdagi zamonaviy turizm markaziga aylantirishga qaratilgan yirik master-reja loyihasini rasman namoyish etdi.
Strategik loyiha Prezident Administratsiyasi vakillari hamda Farg‘ona viloyati hokimligiga taqdim etildi. Mazkur shaharsozlik konsepsiyasi So‘x daryosi bo‘yidagi 130 gektar maydonni qamrab olib, hududning turizm salohiyatini tubdan oshirishni ko‘zda tutadi.
Loyiha doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
- Hududni bosqichma-bosqich rivojlantirish: Infratuzilmani tizimli va ekologik barqaror shakllantirish;
- Turizm klasteri: Zamonaviy dam olish maskanlari va servis ob’ektlarini yaratish;
- Yuqori baho: Taqdimot yakunida loyiha mutasaddi vakillar tomonidan ijobiy qabul qilindi va yuqori baholandi.
Muzokaralar davomida qurilish ishlarini tez fursatda boshlash va realizatsiya jarayonini jadallashtirish masalalari kelishib olindi. Bloomarch jamoasi yaqin vaqt ichida ushbu strategik loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlarga kirishadi.