Bloom Arch jamoasining 28-Xalqaro Istanbul konferensiyasidagi ishtiroki
Bloom Arch arxitektura byurosi jamoasi shahar dizayni, transport, arxitektura va ekologik muhandislik masalalariga bag‘ishlangan 28-Xalqaro Istanbul konferensiyasida ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida qatnashgan mutaxassislarimiz turli mamlakatlardan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashishdi.
Barqaror shaharsozlik va global trendlar
Konferensiya shaharlarni barqaror rivojlantirish va zamonaviy urbanistika tendensiyalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi. Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- Shahar dizaynidagi innovatsion yondashuvlar;
- Ekologik muhandislik va arxitektura uyg‘unligi;
- Zamonaviy transport tizimlarini va shaharsozlik va bosh rejalarni loyihalashtirish.
Kelajak loyihalari uchun yangi g‘oyalar
Mutaxassislarimiz dunyoning yetakchi ekspertlari bilan muloqotda bo‘lib, ilhomlantiruvchi ma’ruzalarni tinglashdi va amaliy keyslarni tahlil qilishdi. Biz o‘zimiz bilan olib kelgan xalqaro tajriba va yangi g‘oyalarni Bloom Architecture’ning kelajakdagi loyihalarida qo‘llashni rejalashtirganmiz.
Bizning maqsadimiz — jahon andozalariga mos keladigan, ekologik va insonlar uchun qulay bo‘lgan zamonaviy shahar muhitini yaratishdir. Yangi bilimlar asosida ishlab chiqiladigan masterplanlar va boshqa loyihalarimiz bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.
So’nggi voqealar haqida ko’proq ma’lumotni yangiliklar bo’limidan topasiz.