Bloom Arch Toshkent shahrining arxitektura va urbanistika istiqbollari muhokamasida ishtirok etdi
Bloom Arch jamoasi shaharsozlik, zamonaviy arxitektura va urbanistika sohasiga befarq bo‘lmagan mutaxassislar uchun tashkil etilgan yirik muloqot maydonida faol ishtirok etdi.
Ushbu ochiq uchrashuv Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent arxitektura va qurilish universitetida tashkil etildi. Tadbirda soha yetakchilari: urbanistlar, arxitektorlar, dizaynerlar hamda «yashil qurilish» (green building) mutaxassislari jam bo‘lishdi.
Muloqotning asosiy mavzulari va dolzarb masalalar:
Norasmiy formatda o‘tgan uchrashuvda Qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev mutaxassislarning takliflarini tingladi. Muloqot davomida poytaxtimiz uchun hayotiy muhim bo‘lgan quyidagi mavzular markazda bo‘ldi:
- Ekobog‘larni ko‘paytirish: Shahar ekologiyasini yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish.
- Nuqtali qurilishlar va infratuzilma: Shaharsozlik normalariga rioya qilish masalalari.
- Transport tizimi: Tirbandliklarni kamaytirish va samarali transport logistikasi.
- Bosh reja va Master-rejalar: Toshkentning strategik rivojlanish xaritalarini ishlab chiqish.
Bloom Arch jamoasi bunday tashabbuslarni zamonaviy, qulay va xavfsiz shahar muhitini yaratish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaydi va sohani rivojlantirishda davom etadi.